Suriya 20-mart, dushanba kuni mamlakat janubi-g‘arbida Isroil uchuvchisiz uchar qurilmalaridan birini urib tushirdi. Bu haqda “Al-Mayadin” telekanali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Razvedka qurilmasi Al-Qunaytra viloyatida Suriya havo hududini buzib o‘tgandan so‘ng harbiylar tomonidan urib tushirildi.
Qurilma Skylark markasidagi uchuvchisiz uchar qurilma bo‘lib, uning og‘irligi yetti kilogrammga yaqin. U 1,2 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi.
17-mart kuni Isroil Harbiy-havo kuchlari samolyotlari Suriyadagi marralarga zarba berish davomida zenit raketalari tomonidan o‘qqa tutilgan edi.
Izoh (0)