Kitob o‘qiydigan kishilar televizor tomosha qiladiganlarni boshqaradi. Ushbu gapning haqiqat ekanligini maqolamiz qahramonlari — hech kimning ko‘magisiz muvaffaqiyatga erisha olgan milliarderlar ham isbotlab turibdi.
Bill Geyts
…Jerom D. Selinjerning “Javdardagi ovchi” (The Catcher in the Rye) romanini sevib o‘qiydi. Bu Xolden ismli 16 yoshli o‘smir haqida hikoya bo‘lib, u Amerikaga xos haqiqatni chuqur qabul qiladi va jamoatchilik rioya qilib yashayotgan qoidalarni qabul qilishdan bosh tortadi.Mark Sukerberg
…yozuvchi Orson Skott Kardning “Ender o‘yini” (Ender’s Game) kitobini jon deb qayta-qayta o‘qiydi. Ilmiy-fantastik roman yerliklarning istilochi o‘zga sayyoraliklar bilan “azaliy” kurashiga bag‘ishlangan.Richard Brenson
…epik Stalingrad jangi tarixiga maftun bo‘lgan. Yozuvchi Entoni Bivorning Ikkinchi jahon urushi haqidagi “Stalingrad” nomli romani — uning sevimli kitobi.Jek Dorsi
…Atul Gavandening “Cheklist manifesti” (The Checklist Manifesto)ni berilib o‘qiydi. Ommabop Twitter resursi yaratuvchisi bo‘lgan milliarder cheklistlar (qilinadigan ishlar ro‘yxati)ni tuzish orqali hayotda muvaffaqiyat qozongan, shekilli.Stiv Jobs
…haqiqiy faylasuf bo‘lgan. Milliarderning shaxsiy kutubxonasida Shekspirning “Qirol Liri”, Platonning asarlari, German Melvillning “Mobi Dik”i, Kleytonning “Innovatorning dilemmasi” (The Innovator’s Dilemma) bo‘lgan.Tim Kuk
… Jorj Stokning “Vaqt bilan raqobatlashish” kitobini o‘qiydi. Ushbu asar Apple’ning hozirgi rahbariga muvaffaqiyatli biznes asoslarini o‘rgatgan.Donald Tramp
…vaqti-vaqti bilan Norman Vinsent Pilning “Ijobiy fikrlash kuchi”ni o‘qib boradi. Milliarderning doim qo‘l ostida bo‘ladigan ushbu kitob muammolarni yengib o‘tish, o‘z-o‘ziga ishonch orttirish, muvaffaqiyatga yo‘l topishda yordam beradigan aqliy amaliyotlar sirlarini ochib beradi.Manba: “Luxlux.net”
Izoh (0)