Federal qidiruv byurosi direktori Jeyms Komi idora Barak Obama AQSh prezidenti Donald Trampning telefon suhbatlarini noqonuniy eshitganligi bilan bog‘liq hech qanday dalilga ega emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“FQBda Trampning Twitter’dagi Obama uning suhbatlarini eshitgani bilan bog‘liq gapini isbotlash uchun hech qanday ma’lumot mavjud emas”, — dedi Komi AQSh Kongressi vakillik palatasining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasi yig‘ilishida.
Avvalroq AQSh vakillik palatasining razvedka qo‘mitasi rahbari Devin Nunes ham qo‘mita Donald Trampning Obama tomonidan Nyu-Yorkdagi Trump Tower’ning noqonuniy eshitilgani bilan bog‘liq ayblovini tasdiqlaydigan ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)