Italiya A seriyasining 29-turini Milan shahri klublari boshlab berdi.
Yevrokuboklar uchun harakat qilayotganlardan “Inter” safarda “Torino”ga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bu bilan klub “Latsio”dan o‘zib ketish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.
“Milan” esa o‘z maydonida “Jenoa”ni taslim qilib, “Inter” bilan oradagi farqni 2 ochkoga qadar qisqartirib oldi.
Turning qolgan sakkiz uchrashuvi bugun — 19-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Italiya A seriyasi 29-tur 18-mart, shanba
“Torino” — “Inter” 2:2
Gollar: Joffrey Kondogbia, 27 (0:1). Daniele Baselli, 33 (1:1). Afriye Askua, 59 (2:1). Antonio Kandreva, 62 (2:2).“Milan” — “Jenoa” 1:0
Gol: Matias Fernandes, 33 (1:0).19-mart, yakshanba“Empoli” — “Napoli” — 16:30“Atalanta” — “Peskara” — 19:00“Bolonya” — “Kyevo” — 19:00“Kalyari” — “Latsio” — 19:00“Krotone” — “Fiorentina” — 19:00“Sampdoriya” — “Yuventus” — 19:00“Udineze” — “Palermo” — 22:00“Roma” — “Sassuolo” — 00:45
Izoh (0)