Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaman qirg‘oqlarida Somali qochoqlari o‘tirgan kema o‘qqa tutilishi natijasida kamida 42 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”.

Foto: EPA

Foto: EPA

16-mart, payshanba kuni bortida 140 ga yaqin somalilik qochoqlar bo‘lgan kema Yamandan Sudanga yo‘l olib, Bab-el-Mandeb bo‘g‘oziga yetganida hech qanday tanituvchi belgilari bo‘lmagan vertolyot unga qarata o‘t ochdi. Havodan berilgan zarbadan keyin kema Yamanning Xodeyda portiga qaytib ketdi. Bortdan 33 kishining jasadi topildi, yana 29 kishi yaralangan edi. Ko‘plab yo‘lovchilar hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Yamanda bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlarning hech biri voqea uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmayapti. Xusiylar bunda Yaman hukumati tomonida turib jangovar harakatlar olib borayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi kolalitsiyaning harbiy aviatsiyasini aybladi. Koalitsiyaning rasmiy vakili, general Ahmad Asiriy ushbu ayblovlarni rad etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi