Turkiyaning “Trabzonspor” futbol klubi vakillari mamlakat chempionati uchrashuvlaridan birida yangi stadiondagi o‘rindiqqa oyog‘i bilan chiqqan muxlisni jazolashga qaror qildi. Bu haqda klubning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Bu bizning yangi uyimiz. Siz uyingizda mebel ustida oyoq kiyim bilan yurmaysiz-ku. Mana jazosi!Oyog‘i bilan o‘rindiq ustiga chiqqan muxlis “Shenol Gyunesh” stadionidagi 10 ming o‘rindiqni yuvishga majbur bo‘ldi.“Trabzonspor” futbol klubi
Xabar berishlaricha, mazkur arena 41 ming muxlisga mo‘ljallangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)