14 yoshli Kalel Lengford Arkanzasdagi (AQSh) “Olmos krater” bog‘idan 7,44 qirotli olmos topib oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kalelning olmosi bog‘da 1972-yildan beri topilgan kattaligi bo‘yicha yettinchi, 2015-yildan beri esa birinchi qimmatbaho tosh bo‘ldi.
Yigitcha qidirishni boshlaganidan atigi yarim soat o‘tib olmosni aniqlashga muvaffaq bo‘lgani bildirilmoqda. Olmosga “Supermen” deya nom berildi.
Ma’lumot uchun, bog‘da ilk bor olmos topilgan 1906-yildan beri hududda 75 mingta qimmatbaho tosh aniqlangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)