Bugun – 18-mart kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB) “C” guruhi 4-turida Uzbek Tigers bokschilari Xitoyning China Dragons jamoasiga qarshi jang qiladi. Bellashuvlar Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida 19:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Shanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan janglarda Uzbek Tigers sharafini Qozog‘istonda Astana Arlans’dan yengilgan tarkib himoya qiladi. Ularga China Dragons’ning eng yaxshi bokschilari qarshilik ko‘rsatadi.
Uzbek Tigers — China Dragons
-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov – Yong Chang;-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev – Sen Vang;
-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov – Vey Liu;
-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev – Jiabin Xuang;
+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Xaypeng Mu.
Ma’lumot o‘rnida, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.
Mavzuga doir: Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam
Izoh (0)