Yaponiya hukumati mamlakat kemalari kapitanlarini KXDR raketalari tomonidan tahdid to‘g‘risida ular dengizga qulagandan 20 daqiqa o‘tgandan keyingina ogohlantirdi. Bu haqda Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Tokiodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ha, baliqchilik boshqarmasi ushbu ma’lumotni 20 daqiqadan so‘ng ma’lum qildi. Raketalar qaysi tomonga qarab uchayotganligini oldindan aniqlash juda qiyin. Ma’lumotni yanada tezkor yetkazish uchun qo‘shimcha kuch sarflash lozim.Eslatib o‘tamiz, 6-mart kuni KXDR g‘arbiy sohilidagi poligondan o‘rtacha uzoqlikda harakatlanuvchi to‘rtta ballistik raketa uchirildi. Ular ming kilometrga yaqin parvoz qildi. Raketalardan uchtasi Yapon dengizidagi Yaponiya maxsus iqtisodiy zonasi chegaralarida quladi.Yosixide Suga, Vazirlar mahkamasi bosh kotibi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)