18-mart kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB) “C” guruhi 4-turida Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Xitoyning China Dragons bokschilari bilan to‘qnash keladi.
Bo‘lajak boks oqshomida O‘zbekiston jamoasi tarkibida ringga ko‘tariladigan charm qo‘lqop ustalari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
E’tiborga molik jihati shundaki, bo‘lajak bellashuvlarda Uzbek Tigers sharafini Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasiga qarshi (1:4) kechgan janglardagi bokschilar himoya qiladi.
Mavzuga doir: Shahram G‘iyosov: 3 oy tadbirma-tadbir yurdik va 1 oy shug‘ullandik. Qozog‘istondagi janglarga tayyor emasdik
-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov;
-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev;
-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov;
-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev;
+91 kilogramm: Bahodir Jalolov.
Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.
Mavzuga doir: Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)