Nigeriya hukumat kuchlari “Boko Haram” radikal tashkiloti jangarilari qo‘lida mamlakat shimoli-sharqidagi Borno shtatida asirlikda bo‘lgan 211 nafar fuqaroni ozod qildi. Bu haqda harbiylar axborot berdi, deb xabar beradi “TASS”.
“22-brigada harbiylari shanba kuni ‘Lafiya Doul’ operatsiyasi davomida Singal Muri va Mayya qishloqlari aholisini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi, — dedi Nigeriya qurolli kuchlari rasmiy vakili Sani Usmon. — Operatsiya davomida bir nafar jangari yo‘q qilindi, shuningdek, Mala Mayyadan majburan ko‘chganlarga oziq-ovqat bilan yordam berish tashkilotiga qarashli ikkita og‘ir yuk mashinasi va 18 ta pikap toifasidagi avtomobil tortib olindi”. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)