12-mart kuni Gaitining shimolida karnaval bo‘layotgan vaqtda avtobus ko‘chada musiqa chalayotganlarni bosib ketishi oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jiddiy jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gaiti fuqarolar muhofazasi organi vakili so‘zlariga ko‘ra, avvaliga avtobus ikki yo‘lovchini urib yuborgan, ulardan biri voqea sodir bo‘lishi bilan olamdan o‘tgan. Shundan so‘ng avtobus yana ozgina yurib, musiqachilar to‘plangan joyga bostirib kelib, 33 kishini o‘ldirgan.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi avtobus boshqaruvini nazoratdan chiqarib yuborgan.
Hodisa mamlakat poytaxti Port-o-Prensdan 150 kilometr shimolda joylashgan Gonaiv shahrida sodir bo‘ldi. Atrofdagi odamlar avtobusni yoqib yuborishga, haydovchi va yo‘lovchilarni jazolashga urindi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari haydovchi va yo‘lovchilarni qiyinchilik bilan politsiya uchastkasiga berkitdi.
Voqea sodir bo‘lgan joyga shifokor va qutqaruv xizmati vakillari yetib bordi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)