Buyuk Britaniya Moliya vazirligi agar London Yevropa Ittifoqidan chiqishda keskin choralarni qo‘llashga majbur bo‘lsa, mamlakatda kuchli iqtisodiy falajlik yuzaga kelishini bashorat qildi. Bu haqda vazirlikning e’lon qilinmagan hisobotida qayd etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Birlashgan qirollik yagona Yevropa bozoriga Pokiston, Ruanda yoki Yamanga nisbatan kamroq kirish imkoniga ega bo‘ladi.London Yevropa Ittifoqi bilan yangi kelishuvga erisha olmasa, Brexit og‘ir kechishi mumkin, bunday vaziyatda mamlakat Yevropa Ittifoqi a’zolari bilan iqtisodiy va savdo munosabatlarini Butunjahon savdo tashkiloti (BST) normalariga asosan olib boradi. Mazkur normalar Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning 80 foiziga ta’sir qiladi.Buyuk Britaniya Moliya vazirligi hisoboti
Jumladan, BST normalariga muvofiq, Buyuk Britaniya Yevroittifoqqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yangi tarif bo‘yicha o‘rtacha 14,4 foizda, qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan mahsulotlarni esa 4,3 foizda eksport qiladi. Bunday tarif Britaniyaning ayrim kompaniyalari raqobatbardoshligiga zarar yetkazadi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, tashqi savdoda mamlakat uchun maqbul sharoitlarga qaytish uchun yillar kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Britaniya hukumati Brexit jarayonining aynan qachon boshlanishini hozircha ma’lum qilmadi. Faqatgina mart oyining oxiriga qadar boshlanishini qayd etdi.
Izoh (0)