Arxeologlar Qohiraning sharqiy qismida fir’avn Ramzes II ning kvarsitdan yasalgan 8 metrli haykalini topdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Misr qadimiy ashyolar vazirligi haykalni “tarixdagi eng muhim topilma” deb atamoqda. Faqat byust va boshning bir qismi qolgan haykal ko‘hna Geliopolis shahri (hozirda Qohiraning bir qismi)dagi Ramzes II ibodatxonasi vayronalari yaqinidan, yerosti suvlaridan topildi.
Ma’lumot uchun, Ramzes II Misrda miloddan avvalgi 1279-yildan 1213-yilgacha hukm surgan. U Misrning eng buyuk fir’avnlaridan biri sanaladi. Uning Suriya va Nubiya (hozirgi Sudanning shimoliy qismlari)ga uyushtirgan muvaffaqiyatli yurishlari sabab Qadimgi Misr hududlari sezilarli kengaygan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)