Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 11-mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2-martdagi farmoyishi asosida O‘zbekistonda mart—aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi, deb e’lon qilindi. Uning doirasida 11—12-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan O‘zbekistonning barcha hududlarida butun xalqimiz, yoshu qari bahamjihat bo‘lib aholi punktlari, xiyobonlar, ko‘chalar, yo‘llar, ko‘p qavatli uylar atrofi, hovli-joylarni tozalashga kirishdi.

Hasharchilarning sa’y-harakati bilan qabristonlar, muqaddas qadamjolar, tarixiy yodgorliklar atrofi obodonlashtirilmoqda.

Navro‘z bayrami munosabati bilan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan yangi inshootlar, namunaviy uy-joylar qurilishida usta-hunarmandlarga hasharchilar yaqindan ko‘mak bermoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi