Suriya poytaxti Damashq shahrida ikki bomba portlashi natijasida halok bo‘lganlar soni 46 kishiga yetdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Avvalroq davlat televideniyesi tomonidan qurbonlar soni 40 nafarni tashkil etishi, 120 kishi jarohatlangani xabar qilinib, mazkur hodisa terakt deb e’lon qilingan edi.
Taxminlarga ko‘ra, teraktlardan biri ziyoratchilarga qarshi qaratilgan. Bunday fikrga terrorchi-xudkushning Damashqdagi shia mazhabiga mansub ziyoratchilarni o‘ziga jalb qiluvchi qadamjolar joylashgan tumanda o‘zini portlatgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Yana bir bomba avtobus o‘tayotgan vaqtda portlagan. Huquqni muhofaza qilish organlarining qayd etishicha, hodisa natijasida o‘nlab kishi jarohat olgan, ulardan ayrimlarining ahvoli og‘ir.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)