Facebook foydalanuvchilaridan biri “Molodaya fotografiya Uzbekistana” sahifasiga ko‘chada cho‘pda piyola aylantirib o‘tirib, o‘tkinchilarning ko‘nglini chog‘ qiladigan toshkentlik boboning suratlarini joyladi.
“Ko‘pchilik toshkentliklar bu mehribon boboni yaxshi biladi. U avvallari 13-tramvayda yurib, bir vaqtning o‘zida 2—3 tadan piyolani aylantirardi… Yaqinda esa parovozlar muzeyiga ketayotib, yo‘lda uni uchratib qoldim va suratga tushirdim. Unga atrofdagilarga ulashayotgan mehri va tabassumi uchun rahmat!” — deb yozdi post muallifi.
Unga izoh qoldirganlardan biri boboni “Toshkentning o‘ziga xos ramzi” deb atadi. Boboga sog‘lik va uzoq umr tilab qolishdi.
Izoh (0)