Yaponiya O‘zbekistonda sakkizta ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun 551,1 ming AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘ini ajratdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Grant-shartnomalarni imzolash marosimi 7-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
Yaponiya elchixonasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kichik ko‘lamdagi ijtimoiy loyihalarga tekin yordam ko‘rsatish dasturi bo‘yicha grantlar Toshkent viloyati onkologik dispanseri, Toshkent 3-raqamli bolalar klinik shifoxonasi va Namangan viloyati onkologik markaziga berilmoqda. Mazkur muassasalar tibbiyot jihozlari bilan ta’minlanadi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 40-maktab, Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi 8-maktab, shu tumandagi 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi, shuningdek, Jizzax va Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanlaridagi ko‘zi ojiz va yaxshi ko‘rmaydigan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quv qurollari uchun mablag‘ni qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)