Ispaniya La ligasining 26-turi “Alaves” hamda “Sevilya” klublari o‘rtasidagi bellashuv bilan o‘z yakuniga yetdi.
Basklar o‘lkasida o‘tgan uchrashuvda g‘olibni aniqlab bo‘lmadi — 1:1. Hisob mehmonlar tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Sevilya” bu ustunlikni uchrashuv yakuniga qadar saqlab qola olmadi.
Ma’lumot uchun, mazkur jamoalarning Andalusiyada o‘tgan uchrashuvida “Sevilya” 2:1 hisobida zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi.
Endilikda Xorxe Sampaoli jamoasi Madridning “Real” klubidan 3 ochko ortda qolishni boshladi. Unutmaslik kerak, “Qirollik klubi”da bitta zaxira o‘yini mavjud.
Ispaniya La ligasi 26-tur 6-mart, dushanba
Izoh (0)