“Yunayted” himoyachisi Markos Rohoning 17 yoshli jiyani Argentinada sobiq politsiyachi tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
O‘smir o‘z sherigi bilan politsiyachiga hujum qilishga uringan va ko‘ksidan o‘q qabul qilib olgan. Nafaqadagi politsiyachi o‘q uzgach, uning sherigi voqea joyida halok bo‘lgan. Rohoning jiyani esa shifoxonada jon taslim qilgan.Mahalliy politsiyaning qayd etishicha, ikki o‘smir taksi avtomashinasini olib qochishga uringan. Haydovchi ularning hamlasidan qutulib qoldi, uni himoya qilishga uringan sobiq politsiyachi esa ohir-oqibat o‘zini himoya qilish uchun o‘q uzishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)