Jizzaxga “Begali Trans Servis” MChJ tomonidan “Jizzax Best Avto” MChJ bilan tuzilgan shartnoma orqali “Sam Avto” MChJda ishlab chiqarilgan 30 ta SAZ HC 40 rusumli avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan edi, deb xabar beradi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Bugungi kunda 10 ta SAZ HC 40 rusumli avtobus olib kelindi. Korxona ushbu avtobuslarni “Ipoteka bank” Jizzax filialining 3 milliard 100 million so‘mlik kredit mablag‘i evaziga xarid qildi.
Ushbu avtobuslar Jizzax aholisi uzog‘ini yaqin qilish uchun shahar ichi yo‘nalishlariga joylashtirildi. Buning natijasida yana 20 ta malakali haydovchi ish bilan ta’minlandi.
“Begali Trans Servis” MChJ bugungi kunda 1-sonli “Jizzax avtoshohbekat—Qahramon mahallasi” shahar ichi yo‘nalishida aholiga namunali avtotransport xizmatini ko‘rsatmoqda.
Mazkur korxona rahbarining qayd etishicha, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda shahar aholisi va mehmonlariga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida yana 20 ta SAZ HC 40 rusumidagi zamonaviy avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)