Britaniyalik xonanda Adel farzandining otasi Saymon Konekkiga turmushga chiqqanini birinchi marta tasdiqladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
The Hollywood Reporter jurnalining yozishicha, 28 yoshli qo‘shiqchi Avstraliyaning Brisben shahrida berayotgan konsert dasturi davomida turmushga chiqqanini ma’lum qilgan.
Birinchi marta kimnidir sevib qolganingda va o‘zingni baxtsiz his qilishingga qaramay, o‘sha hissiyot dunyoda eng yaxshisi ekanini tushunasan, unga bog‘lanib qolasan. Men yana turmushga chiqqanim uchun mana shu hissiyotlarni boshimdan o‘tkazyapman. Men o‘z odamimni topdim.Adel 2011-yili chiqqan Someone like you (Sen kabi)qo‘shig‘ining yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi. Xonandaning aytishicha, ushbu qo‘shiqni yozishda u Saymon bilan munosabatlari boshida kechirgan kechinmalaridan ilhomlangan. Mana shu so‘zlardan keyin konsert zalidagilar xonandani olqishlar bilan tabrikladi.Adel, xonanda
Adel 2010-yili Konekki bilan tanishib, 2011-yilda u bilan uchrashishni boshladi. 2012-yil oktabrida juftlikning Anjelo Jeyms Konekki ismli farzandi dunyoga keldi.
Shu yilning fevral oyida Adel Grammy musiqiy mukofotining nominatsiya qilingan barcha 5 yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)