Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQShning T-Mobile mobil operatori raqibi Verizon mijozlariga o‘zining ONE tarif rejasiga o‘tgan taqdirlarida iPhone 7 taqdim etishni va’da qilmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Mashable

Foto: Mashable

Mashable nashriga ko‘ra, 100 dollar miqdoridagi qo‘shimcha to‘lov evaziga foydalanuvchilar iPhone 7 Plus smartfoniga ega bo‘lishi mumkin. Xabarda taqdim etiladigan gadjetlarning xotira hajmiga aniqlik kiritilmagan.

Shu bilan birga, aksiyaning bir qator cheklovlari ham mavjud. Birinchidan, smartfonni faqat trade-in (eski mahsulotni yangisiga qo‘shimcha to‘lov evaziga almashtirish) tizimida, shunday xizmatni taqdim etadigan T-Mobile do‘konlarida olish mumkin.

Qolaversa, almashuvda faqat iPhone 6 va undan yangi modellar, shuningdek, Samsung Galaxy 7 hamda Samsung Galaxy 7 Edge ishtirok etadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston Ukraina viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi aholi murojaatlarini Telegram-bot orqali qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi
Dunyo
“Farzandlaringizni o‘limga yubormaslik uchun kurashing”. Zelenskiy — Dog‘istondagi safarbarlikka qarshi namoyishlar haqida