Avstriya TIV rahbari Sebastyan Kurs Yevropa Ittifoqining qochoqlarni qabul qilish bo‘yicha markazlarini blokdan tashqarida, masalan, Gruziya, Misr yoki G‘arbiy Bolqonda tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda Bild nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Bu muassasalar Misr, Gruziya yoki G‘arbiy Bolqondagi mamlakatlardan birida joylashishi mumkin”, — dedi vazir Bild nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga qaraganda, Yevropa Ittifoqiga noqonuniy kirishga intilayotgan kishilar yuqoridagi kabi markazlarga yuborilishi mumkin.
Kurs, shuningdek, Germaniya kansleri Angela Merkelning migratsion yo‘nalishini tanqid qildi.
“Bu noto‘g‘ri siyosat ko‘plab mamlakatlar rahbarlari va hukumatlari, shuningdek Yevrokomissiya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Uning asosini ezgu maqsadlar tashkil qiladi, biroq biz odamlarni markaziy Yevropaga jalb qilsak, ularning soni borgan sari oshib boradi”, — dedi Kurs. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)