Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi nizomiga o‘zgartirish kiritish va ayni paytda hukumat rahbari lavozimini egallaydigan rais vakolatini 6 yildan 9 yilgacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur qaror partiyaning Tokioda ochilgan syezdida rasman qabul qilindi. U hozirda Yaponiya bosh vaziri lavozimini egallab turgan Sindzo Abega 2018-yilda iste’foga chiqmaslik imkonini beradi. Abe ichki saylovlarda yana o‘z nomzodini ilgari surishi va istiqbolda bosh vazirlik lavozimida 2021-yilgacha qolishi mumkin. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)