Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA)ning “Golden Steyt Uorriorz” jamoasi 1-mart kuni Xose Kalderonni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. Ikki soat o‘tib klub Kalderon xizmatlaridan voz kechdi, deb yozadi Meduza.
Ispaniyalik 35 yoshli basketbolchi jamoasi safida 1 daqiqa ham o‘ynamay, 2 soat ichida 415 ming dollar ishlab oldi.
Kelishuv og‘zaki ravishda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, “Golden Steyt Uorriorz” basketbolchiga tovon puli to‘lashga qaror qildi.
2015-yilni NBA chempioni tarkibida kutilmaganda hujumchi jarohat olgani uchun, jamoaga aynan mana shu pozitsiyada o‘ynaydigan basketbolchi kerak bo‘ldi. Shu sababli klub Xose Kalderon xizmatlaridan voz kechdi— u hujumchi emasdi.
Xose Kalderonga “Golden Steyt Uorriorz” futbolkasini kiyish nasib qilmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)