Xitoyning Linsan (janubi-g‘arbiy Yunnan provinsiyasi) tumanida 3-mart, juma kuniga o‘tar kechasi avtobusning sement tashuvchi mashina bilan to‘qnashuvi oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jabrlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Barcha jabrlanganlar yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joy yaqinidagi tibbiyot muassasasiga yetkazildi. Jabrlanganlardan biri shifoxona yo‘lida halok bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.
Politsiya halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlamoqda. Yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda.