AQShning yangi ichki ishlar vaziri Rayan Zinke birinchi kuni ish joyiga kovboylar kiyimida ot minib keldi. Tegishli fotosuratlarni u o‘z Twitter’ida e’lon qildi.
O‘z postida vazir IIVda iliq kutib olishgani uchun minnatdorlik bildirdi.
The Hill nashri ta’kidlashicha, o‘z xatti-harakatlari bilan Zinke tabiat, xususan milliy xiyobonlar muhofazasi tarafdori ekanligini namoyon qilmoqchi bo‘lgan.
AQShning yangi ichki ishlar vaziri ovchilik, baliqchilik va turizm ishqibozi sifatida mashhur. Senatda uning nomzodi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan eshitishlar chog‘ida Zinke katta yer-mulklarni federal tasarrufdan chiqarishga urinishlarga qarshi kurashishga va’da bergandi.