Hozirgi paytda “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi 2017-yilning 5—7-aprel kunlari Event Expo 2017 — hodisalarning ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini tashkil etish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda kompaniya “Daryo” nashriga ma’lum qildi.
Ko‘rgazma beshta: Fashion Expo, Wedding Expo, Mass Media&Advertising Expo, “Dam olish va O‘yin-kulgi” hamda Tashkent Flora Expo klasterlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ko‘rgazma doirasida ishtirokchilarga hodisa-xizmatlar bozorida o‘z imkoniyatlarini namoyish etish va ko‘rsatiladigan xizmat turlari haqida to‘liq ma’lumot taqdim etish imkoniyati beriladi. Ko‘rgazmada eksponent va tashrif buyuruvchilar taklif etilayotgan sohalardagi zamonaviy yo‘nalishlar bilan tanishish, turli kompleks tadbirlar tashkilotchi-pudratchilari bilan ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Ko‘rgazma kelajakda turli loyihalarni amalga oshirishga jalb etish maqsadida event-agentliklar bazasini shakllantirish imkonini beradi.
Event Expo 2017 tadbirlari doirasida aksiyalar, yutuqli o‘yinlar va tanlovlar tashkil etiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)