Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarini bog‘laydigan yangi yo‘l qurilishi davom etmoqda. Bu haqda “1news.uz” xabar berdi.
Yo‘lning shu oyda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan.
Uzunligi 1,1 kilometr bo‘lgan avtoyo‘l Yangi shahar ko‘chasidan (Mega Planet savdo markazi) Chinobod mahallasi orqali kabel zavodiga, Bog‘ishamol ko‘chasigacha ulanadi.
Yo‘lning 510 metrdan iborat bir qismi Bo‘zsuv kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prik ko‘rinishida bo‘ladi.
Izoh (0)