Meksikaning sobiq prezidenti Visente Foks Kesada AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakat Kongressiga murojaatiga nisbatan o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Meksikani 2000—2006-yillarda boshqargan Kesada o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Trampning to‘rt devor ichida turgan rasmini joylab: “Men shu devorlarning iloji boricha tezroq paydo bo‘lishi uchun pul ham to‘lardim”, — deb fikr qoldirdi.
The Telegraph nashrining qayd etishicha, Tramp Kongressda ijobiy chiqish qilganiga qaramay, o‘zining avvalgi qarorlariga sodiq qolmoqda.
Xususan, u narkotrafik va noqonuniy migratsiyani oldini olish uchun Meksika bilan chegarada devor qurish fikrida qat’iy turib olgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)