O‘zbekistonlik 41 yoshli gimnastikachi, Olimpiya o‘yinlarining 7 karra ishtirokchisi Oksana Chusovitina 2017-yilning 24—26-fevral kunlari AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tgan Houston National Invitational xalqaro musobaqasida 4 ta medalga sazovor bo‘ldi, deb ma’lum qilmoqda “Gazeta.ru”.
Oksana Chusovitina tayanib sakrash va erkin mashqlar natijasiga ko‘ra 2 ta oltin medalga, yog‘och mashqlari va ko‘pkurash natijasiga ko‘ra esa 2 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Ayni vaqtda o‘zbekistonlik sportchi shu yilning 2—10-oktabr kunlari Kanadaning Monreal shahrida bo‘lib o‘tadigan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)