NHL Stadium Series doirasida “Pittsburg” va “Filadelfiya” xokkey jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Mazkur uchrashuv futbol maydonida o‘tkazildi, o‘yin boshlanishidan avval esa maydonga hayvonot bog‘idan olib kelingan pingvinlar tashrif buyurdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Yettita pingvin “Stenli Kubogi”ni yutgan jamoa murabbiyi va o‘yinchilari sharafiga nomlandi. Kessel, Krosbi, Kunits, Letang, Malkin, Myurrey va Salli uchrashuvga tashrif buyurgan 67 ming muxlis qarshisiga chiqdi.
“Pittsburg” klubining timsoli sanalgan pingvinlar o‘z tashrifi bilan jamoaga 4:2 hisobida g‘alaba keltirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)