AQShning “Kvinnipek Bobkets” talabalar xokkey jamoasi darvozaboni Kris Troylning sovuqqa allergiyasi bor. Shunga qaramay u muntazam ravishda muz maydoniga chiqadi, deb yozmoqda Meduza.
Xokkeychiga sovuq eshak yemi allergiya tashxisi qo‘yilgan. Bunday kasallikda past harorat tufayli teri to‘kilishi kuzatiladi.
Kris Troylda allergiya AQSh harbiy-havo kuchlaridagi xizmatidan so‘ng paydo bo‘ldi. Og‘ir sharoitda jon saqlash mashg‘ulotlarida u Kolorado o‘rmonida 5 kun o‘tkazdi. Troyl va uning xizmatdoshlari issiq ob-havoga tayyorlangan edi, ammo u kutilmaganda o‘zgardi: havo harorati keskin pasayib ketdi, yomg‘ir va do‘l yog‘di. Troyl kuchli sovuq oldirib qo‘ydi.
Kris Troyl ma’lum muddat harbiy-havo kuchlari xokkey ligasida o‘ynadi, ammo kasalligi tufayli harbiy xizmatni yakunlashga majbur bo‘ldi.
Joriy mavsumda Troyl “Kvinnipek Bobkets”ning 21 o‘yinida maydonga tushdi. U qachonlardir professional xokkeychi bo‘lish umidini uzmayapti.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)