Xitoyning Girin provinsiyasi, Chanchun shahrida yashovchi yigit sevgan qiziga pullardan iborat “guldasta” berdi, deb yozadi Daily Mail.
Erkak gul do‘koniga mayda kupyuralardan iborat 10 ming yuan (taxminan 1500 dollar) pulni sumkasiga solib olib keldi va puldan qog‘oz atirgullar yasashni so‘radi. U do‘kondorga sevgan qiziga Xo‘roz yilini xayrli boshlash uchun sovg‘a bermoqchiligini aytdi.
Noodatiy guldasta suratlari Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida salbiy fikrlarni keltirib chiqardi. Uni mutlaqo romantik bo‘lmagan, balki haqoratomuz sovg‘a deb atashdi.
Izoh (0)