Osiyo Chempionlar ligasining 2017-yilgi mavsumiga kelib ham O‘zbekiston jamoasi Jiddaning “Al-Ahli” klubiga qarshi o‘yinda hech narsa qila olmadi. “Qirol Abdulloh” stadionida mehmon bo‘lgan “Bunyodkor” 0:2 hisobida yengildi.
Bunga qadar “Al-Ahli” o‘z maydonida O‘zbekiston klublari ustidan uch marta zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi. “Bunyodkor” ustidan qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat esa ketma-ket uchinchisi bo‘ldi.
2015-yilgi mavsumda Qarshining “Nasaf” klubi mazkur jamoa maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, oradan bir yo‘l o‘tib tomonlar yana bir bor to‘qnash kelgan va o‘sha uchrashuvda ham jiddaliklar 2:1 hisobida g‘olib chiqqan. Oradan bir yil o‘tib Kristian Gross boshqarib borayotgan klub Sergey Lushchan jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
2005-yilgi mavsumda Toshkentning “Paxtakor” klubi ham “Al-Ahli” maydoniga tashrif buyurgan bo‘lib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
“Al-Ahli” sharafini himoya qiladigan hujumchi Umar Soma uch yildan buyon O‘zbekiston klublari darvozasini ishg‘ol qiladi. Jumladan u avvalgi ikki yilida Eldor Suyunovni ranjitgan bo‘lsa, bu safar Murod Zuxurov postiga yo‘l topa oldi.
Izoh (0)