O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov 15-fevral kuni Farg‘onada Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb yozadi “Gazeta.uz” Qirg‘iziston hukumati saytiga tayanib.
Uchrashuvda chegara yaqinidagi hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Davlat chegarasining belgilanmagan uchastkalari bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish ishlarini tezroq yakunlash zarurligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari a’zolari 16-fevral kuni O‘sh shahridagi Bobur nomli drama teatrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 24 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Izoh (0)