Qish faslida issiq va yorqin rangdagi liboslar kiyishni istaymiz. Ko‘pchilik ochiq ranglar, ayniqsa oq rangdan butunlay voz kechadi. Biroq qishki garderobga fantaziya bilan yondashish tufayli oq rangdagi liboslar yordamida ham qor malikasiga aylanish mumkin. Mazkur maqolada ushbu mavsumda trendda bo‘lgan oq rangdagi kiyimlar haqida ma’lumot olasiz.
Oq shuba yoki mo‘ynali jilet
Oq mo‘yna har doim serhasham ko‘rinadi va e’tiborni o‘ziga jalb qiladi. Sun’iy mo‘ynali yoki qo‘y yungidan ishlangan mo‘ynali shuba tanlang, shunda u tabiiy oqligini uzoqroq saqlaydi.
Shubaning kalta variantini tanlang, uzun variantida esa kamar yordamida belga urg‘u bering.
To‘qilgan oq sviter
Garderobning universal libosi bo‘lib, qulay, yumshoq va issiq sviterni istalgan ob-havoda kiyish mumkin. Uni tor djinsi, charm yubka yoki tvid shimlar bilan kiyish mumkin.
Oq paxtalik ko‘ylak (rubashka) yoki futbolka
Bunday kiyim mavsumiy bog‘liqlikdan xoli bo‘lib, qishda yozdagidan ham yaxshiroq ko‘rinadi. Uni tvid pidjak va djinsi-skinni, shimlar yoki torayib boruvchi yubka bilan kiyish mumkin.
Oq djinsi-skinni yoki tizzagacha bo‘lgan yubka
Ularni tashqarida namgarchilik bo‘lmagan paytda kiyishingiz mumkin. Quruq, quyoshli havoda oq libos nazokat bag‘ishlaydi. Ularni pastel rangdagi va yorqin tusdagi liboslar bilan moslashtirib kiyish mumkin.
Oq sviter-ko‘ylak
Garderobning eng universal kiyimlaridan biri hisoblanadi. Har kuni kiyish uchun ajoyib baza bo‘la oladi. Uni bo‘yi baland etik va jigarrang yoki to‘q sariq palto bilan kiyish mumkin.
Oq shapka yoki boshmaldoqli qo‘lqop
Oppoq qordek istalgan aksessuar boshqa ranglar bilan va o‘zaro ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi. To‘qilgan enli sharfni kontrast palto bilan, pastel va oppoq katta shapka va boshmaldoqli qo‘lqopni uyg‘unlashtirish mumkin.
Izoh (0)