Afsonaviy The Beatles guruhi a’zosi Jon Lennon jahli chiqqan vaqtda bosib, yanchib tashlagan va keyinchalik ta’mirdan chiqarilgan ko‘zoynagi Ryedale Auction kimoshdi savdosida 2,9 ming funt-sterlingga sotildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
BBC News’ning ma’lum qilishicha, kimoshdi savdosida Lennonning pidjagi ham sotilgan. Uning narxi savdolar davomida 10,4 ming funt-sterlinggacha yetgan.
Lennonning mashhur aylana ko‘zoynagi uning tashrif qog‘oziga aylangan edi. Uning savdoga qo‘yilgan nusxasi qo‘shiqchining amakisi Charli Lennonga tegishli edi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jon amakisi Charlinikiga mehmonga kelganda kim bilandir telefonda suhbatlasha turib, jahli chiqadi va ko‘zoynagini bosib yanchib tashlaydi.
Jon ketgandan so‘ng, Charli ko‘zoynakni axlat qutisidan olib, ta’mirga topshiradi. Ko‘zoynak oynasining ko‘plab bo‘lakchalari yopishtiriladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)