KXDR yetakchisi Kim Chen Inning mazkur haftada vafot etgan akasi Kim Chon Namning oila a’zolaridan hech biri Malayziya politsiyasidan uing jasadini topshirishni talab qilmadi. Bu haqda 16-fevral, juma kuni Agence France-Presse ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Hozirgi paytga qadar halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolaridan jasadni taqdim etish bo‘yicha talab kelib tushmadi”, — deyiladi Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari xabarida.
Shu bilan bir paytda, KXDR jasadni Shimoliy Koreya tomonga topshirish haqida rasman talabnoma berganligi ta’kidlanmoqda. Malayziya politsiyasi jasadni topshirishidan avval har qanday holatda ham Kim Chon Namning qarindoshlaridan DNK namunalarini olishi kerak bo‘ladi.
Malayziya poytaxtida vafot etgan Kim Chon Namning o‘limi sababi haligacha rasman ma’lum qilinmadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)