Xitoyning Szyansi viloyatida 14-fevral kuni temiryo‘l kompaniyasi xodimlari — Chjen Xuan va Chen Den oila qurgani munosabati bilan to‘y marosimini o‘tkazdi.
Juftlik 2016-yilning avgust oyida nikohdan o‘tgan, ammo ish bilan juda ham band bo‘lgani sabab, to‘y marosimini qoldirishga majbur bo‘lgan edi, deb yozadi TJournal.
Hamkasblar juftlikni tabrikladi, shunday keyin Chjen Xuan va Chen Den o‘zi uchun odatiy interyer — rels va vagonlar oldida fotosessiya o‘tkazgan.
Kunning ikkinchi yarmida yosh oila yana o‘z ishiga qaytgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)