Ispaniya La ligasining 22-turi doirasidan joy olgan o‘yinlarning eng qiziqarlisi “Visente Kalderon” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Bunda Ispaniya kubogining yarim finalida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan ikki klub o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvda Vigo futbolchilari ketma-ket ikki bor hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lishsa-da, jamoaga g‘oliblik baribir nasib qilmadi. So‘nggi daqiqalarda ikki gol urgan “Atletiko” vaziyatni o‘z tomoniga og‘dira oldi.Mazkur g‘alaba Madrid klubini kuchli to‘rtlikka qaytara oldi. Endi Diyego Simeone shogirdlari 3-o‘rin uchun kurash olib boradi. Mazkur turda “Las-Palmas” ustidan kichik g‘alabaga erishgan “Sevilya” “Atletiko”dan 4 ochko ilgarilab ketgan.
Ispaniya La ligasi 22-tur 12-fevral, yakshanba
Izoh (0)