Ispaniya La ligasining 22-turiga kelib Kataloniyaning “Barselona” klubi mavsumdagi eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Bunga qadar ikki uchrashuvda 5:0 hisobida zafar quchishga erishgan Luis Enrike jamoasi, endi “Alaves” maydonida javobsiz oltita gol urdi. Qayd etish kerak, “Alaves” Ispaniya kubogining finalida aynan “Barselona”ga qarshi saf tortadi.
Segunda ligani peshqadam sifatida yakunlab, Primyeraga qadam qo‘ygan “Alaves” birinchi davra “Kamp Nou”dan g‘alaba bilan qaytgandi — 2:1. 11-fevral kuni “Barselona” buning uchun o‘ch oldi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Biroq peshqadamlik 3 soat ichida yo‘qqa chiqdi. “Osasuna” maydoniga tashrif buyurgan Madridning “Real” klubi 3:1 hisobida zafar quchib, yetakchiligini qaytarib oldi.
Ispaniya La ligasi 22-tur 11-fevral, shanba
Izoh (0)