2013-yildan beri Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Bahodir Otaxonov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bahodir Otaxonov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori etib tayinlangunga qadar Otaxonov Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasida bo‘lim rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Davlat raqobat qo‘mitasi qoshidagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori etib Bahrom Shokirov tayinlangani xabar qilingan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)