Chexiya parlamenti deputatlar palatasi raisi Yan Gamachek boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashrif doirasidagi dastlabki uchrashuv 9-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tdi.
Chexiya parlamenti deputatlar palatasining raisi Yan Gamachek samimiy qabul uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va doimiy ravishda siyosiy muloqotni olib borish muhimligi va bu kabi masalalar boshqa yo‘nalishlardagi ikki taraflama hamkorlikning rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilishini alohida qayd etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Chexiya bilan hamkorlikni yanada jonlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni yuqori baholab, o‘z navbatida, Yan Gamachek parlamentlararo munosabatlarni o‘zaro tajriba almashish va ikki taraflama tashriflar orqali rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mazkur tashriflar esa parlamentlararo aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.
Tashrif dasturiga ko‘ra, vazirliklarda uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etish ham nazarda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)