Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida noodatiy arxitektura yodgorliklarini uchratish mumkin. “Renmin Ribao” nashri noodatiy arxitektura konseptlari asosida bunyod etilgan binolarning fotojamlanmasini taqdim etdi.
O‘rmonli spiral. Darmshtadt, Germaniya
Bino loyihasi muallifi avstriyalik rassom va arxitektor Fridensrayx Xundertvasser hisoblanadi. Noodatiy uslubdagi mehmonxonada 105 ta xona va bitta restoran joylashgan.Meri-Eks minorasi. London, Angliya
London Sitidagi balandligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan bu bino 2004-yilda ochilgan va o‘zining tashqi ko‘rinishi sababli Bodring deb nomlangan. Norman Foster muallifligida qurilgan bino Birlashgan Qirollikdagi birinchi ekologik osmono‘par bino nomiga da’vogarlik qiladi.Xabitat 67. Monreal, Kanada
Aholi yashaydigan kompleks bo‘lgan bu inshoot Kanadada bo‘lib o‘tgan 1967-yilgi butunjahon ko‘rgazmasi munosabati bilan barpo etilgan. Inshoot ko‘rgazmadan keyin aholi yashaydigan uy sifatida mo‘ljallangan. Bugungi kunda o‘zining noyob arxitekturasi tufayli undagi xonalar narxi juda qimmat turadi.Tuxum. Olbani, Nyu-York shtati, AQSh
Bu inshoot Olbanidagi San’at markazi binosi bo‘lib, unda 450 va 892 o‘rinli ikkita spektakl va konsert zali joylashgan. Inshoot arxitektor Harrison & Abramovitz loyihasiga asosan, 1966 – 1978-yillarda qurilgan.
Pufakli uy. Burlingeym, Kaliforniya shtati, AQSh
Bu uy arxitektor Uilyam Nikolson tomonidan 1976-yilda qurilgan. Uyni qurish uchun aylana asosga metal panjaralar o‘rnatilgan va ustidan beton quyilgan.
Konteyner shahar II. London, Angliya
Konteyner shahar II 22 ta san’atkorning studiyasini o‘z ichiga olgan. Inshootning o‘ziga xosligi shundaki, u qayta ishlangan qurilish materiallari asosida qurilgan. Urban Space Management kompaniyasi uy, idora, butik sifatida xizmat qiluvchi bu tipdagi ko‘plab inshootlarni qurgan.
Burishiq uy. Sopot, Polsha
2003-yilda qurilgan uy “Rezident” savdo markazining bir qismini tashkil qilib, unda savdo do‘konlari, restoran, ko‘ngilochar o‘yinlar markazi va bitta radiostansiya joylashgan.Savat shaklidagi bino. Nyuark shahri, Ogayo shtati, AQSh
Bino savat savdosi bilan shug‘ullanuvchi Longaberger kompaniyasining ofisi hisoblanadi. Bino kompaniya asoschisi Deyv Langaberger g‘oyasi asosida barpo etilgan.Kanzas Siti kutubxonasi. Kanzas Siti shahri, Missuri shtati, AQSh
Bu noodatiy bino Kanzas Siti markaziy kutubxonasining avtomobil turar joyi hisoblanadi. Binoda ishlatilgan 22 ta kitobning nomi kitobxonlar taklifiga binoan, kutubxona ma’muriy kengashi tomonidan tanlangan.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)