Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 7-fevral kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.

Natalya Xanjenkova o‘zaro qiziqish uyg‘otgan barcha yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etgan. Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashgan.

“Shuningdek, YTTB prezidenti Suma Chakrabartining joriy yilning mart oyida O‘zbekistonga amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi”, — deyiladi Senat axborotida.

Natalya Xanjenkova avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar olib borgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda qancha pedagog faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri
Maslahatlar
Qo‘llardan piyoz, sarimsoq va baliq hidini ketkazishning 10 usuli