Ikat naqshi milliy texnikasi nafaqat o‘zbek modasining rivoji, balki Oskar de la Renta, Nikolya Geskyer, Frida Janini kabi dizaynerlar ham o‘zbek mavzusiga murojaat qilganligi tufayli moda sahnalarida ommalashdi.
Mashhur beautopia internet blogeri bu trendni manikyur olamiga ham olib kirdi. Siz ham tirnoqlaringizda bunday maftunkor go‘zallikni yaratishga urinib ko‘rishingiz mumkin.
Bu texnikaning rang yechimlari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Quyida uning eng oddiysi — uch xil rang ishtirokidagi variantini e’tiboringizga havola etamiz.
Bizga fon uchun oq, qora va naqsh chizish uchun to‘q sariq rangli laklar kerak bo‘ladi. Shuningdek, lak uchun mo‘ljallangan ingichka cho‘tkacha ham kerak.
- Tirnoq yuzasiga ikki qavat fon — oq lak suramiz. Tanlangan dizayn bo‘yicha to‘q sariq rang bilan naqshlarni chizamiz.
- Qora lak bilan qora chiziqlarni hosil qilamiz. Ular ba’zan avvalgi qatlamni bekitishi ham mumkin. Ustidan yana biroz oq chiziqlar va “ichki qismiga” yana biroz to‘q sariq rang.
- Manikyur tayyor. Endi uni himoya qatlami bilan qoplash kerak, xolos. U tirnoq yuzasini silliqlash vazifasini ham bajaradi.
Tajriba qilib ko‘rishdan cho‘chimang!
Izoh (0)