Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya, Turkiya va Eronning Suriyada harbiy harakatlarni to‘xtatish rejimiga rioya qilinishi ustidan nazorat bo‘yicha qo‘shma tezkor guruhining majlisi Ostonada boshlandi, deb yozadi “TASS” o‘z manbalariga tayanib.

Foto: “NTV”

Foto: “NTV”

“Rossiya, Eron va Turkiyaning qo‘shma tezkor guruhining birinchi majlisi mahalliy vaqt bilan 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 9:00 da) boshlandi”, — dedi agentlik manbasi.

Avvalroq muzokaralarga yaqin manba majlisda Iordaniya vakillari ham qatnashishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, majlisda BMT vakillari ishtirok etadi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Suriyadagi nizo tomonlarining jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimiga rioya qilishining borishini muhokama qilish, yarashuvning buzilishini nazorat qilish va buning oldini olish bo‘yicha choralar ishlab chiqish, Suriya hukumati va muxolifat o‘rtasida o‘zaro ishonchni oshirish, shuningdek, gumanitar hamkorlik masalalarini hal qilishdan iborat.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi