Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov saylovoldi kampaniyasi doirasida 30-yanvar kuni mamlakatning Axal viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

“Chrono-TM”ning xabar berishicha, prezidentning quruvchilar bilan suhbati vaqtida, quruvchilardan biri gitara sadolari ostida prezidentga qo‘shiq kuylab berishga qaror qiladi.

Shundan so‘ng gitarani Berdimuhamedovning o‘zi qo‘lga olib, yig‘ilganlarga birinchi marta Yangi yil bayrami arafasida kuylangan “Baxt nuri” nomli qo‘shig‘ini aytib berdi.

“Turkman davlat xabarlari” davlat agentligi xabariga ko‘ra, Berdimuhamedov 8-mart — Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayollar uchun bir necha qo‘shiq tayyorlab qo‘ygan va bu yangilik “uchrashuv ishtirokchilari uchun haqiqiy kutilmagan sovg‘aga aylangan”.

Ma’lumot uchun, Turkmanistonda 2017-yilgi prezident saylovi 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda, Berdimuhamedovdan tashqari, yana sakkiz kishi kurash olib boradi.

2012-yili bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida Gurbanguli Berdimuhamedov 97 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.